Jeko "Roma"ning evrokuboklardagi eng yaxshi to'purariga aylandi

Alisher
26 fev 2021, 11:00
Bosniyalik futbolchi Rim klubi tarixiga kirdi.

"Roma" forvardi Edin Jeko Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi "Braga"ga qarshi javob o'yinida gol urdi.

Bu gol saralash bosqichlarini hisobga olmaganda bosniyalik futbolchi uchun "bo'rilar" tarkibida evrokuboklardagi 29-gol bo'ldi.

Jeko bu borada "Roma" afsonasi Franchesko Totti (28ta gol)dan o'tib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it