Jeko “Roma” tarixidan joy oldi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2020, 19:50
Italiya chempionati 33-turi doirasida “Roma” 2:1 hisobida “Verona”ni taslim etdi.

Uchrashuvdagi gollardan birini rimliklar forvardi Edin Jeko urishga muvaffaq bo'lgan. Bu Jekoning mazkur klubdagi 105-goli sifatida yozildi va “Roma” tarixidagi xorijlik eng yaxshi to'purarga aylandi. Edin argentinalik Pedro Manfredinini (104) quvib o'tdi.

Umuman “bo'rilar” tarixidagi eng yaxshi to'purar futbolchi klub afsonasi Franchesko Totti (307) hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN