Jeko jarrohlik stoliga yotdi

Eldor Akmurzayev
7 okt 2019
Roma forvardi Edin Jeko A Seriya 7-turidan o'rin olgan Kalyariga qarshi (1:1) bahsda yuz qismidan, aniqrog'i, yonoq suyagidan jarohat olgandi.

Shu bois, bugun bosniyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. Qayd etilishicha, Jeko bo'lajak o'yinlarni maxsus himoyalovchi niqob bilan o'tkazadi. Shuningdek, u terma jamoasining yaqinlashayotgan yig'inlarini o'tkazib yuboradi. 

Jeko joriy mavsum Italiya chempionatining 7 bahsida qatnashib, 4+1 ko'rsatkichga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: asroma.com