Jeko Fonseka bilan yarashib oldi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2021
“Roma” hujumchisi Edin Jeko jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.

U bosh murabbiy Paulu Fonseka bilan tortishib qolgan tufayli asosiy jamoadan ajralgan holda yakka tartibda mashq o'tkazyotgandi. Shuningdek, rimliklar yakunlangan transfer oynasida Jekoni boshqa klubga qo'yib yubormoqchiligi haqida xabarlar ham tarqalgandi.

Bosniyalik futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 15 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ilmessaggero.it