Jek Uilsher “Arsenal”dan ketishini e'lon qildi

20 iyun 2018, 08:12
Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Jek Uilsher jamoani tark etishini e'lon qildi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma iyun oxirida o'z nihoyasiga etadi.

“Iyun oxirida shartnomam yakunlangach, “Arsenal”ni tark etishimni tasdiqlashim mumkin. Klub vakillari, shuningdek, bosh murabbiy Unai Emeri bilan o'tkazilgan ko'plab suhbatlardan keyin menda boshqa tanlov yo'q ekanini his etdim”, – deya yozgan futbol Instagramdagi sahifasida.

26 yoshli futbolchi “Arsenal” tarbiyalanuvchisi bo'lib u klubda 2008 yilda debyut qilgan.


Manba: Жек Уилшернинг Инстаграм саҳифаси