

Jumladan, Avstraliya - Bangladesh uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Andrey Sapenko yordam beradi. Hindistonlik Kristal Jonga to'rtinchi hakamlik ishonib topshirilgan.
Shuningdek, Filippin - Vetnam uchrashuviga Rustam Lutfullin tayinlangan. Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov qanotlarda unga yordam beradi. Tailandlik Vivat Jumpaun to'rtinchi hakam vazifasini bajaradi.



