JCH saralash. 3 iyun kuni bizni kutayotgan o'yinlar

Xayrulla Xoliqov
31 may 2021, 16:26
Xabaringiz bor, 3 iyundan Osiyoda JCH saralash bosqichining ikkinchi raund hal qiluvchi bahslariga start beriladi.

Shu kuni 8ta guruhdan ikkitasida o'yinlar o'tkazilmaydi. Qolgan guruhlarda esa jamoalar bir necha oylik tanaffusdan so'ng yana kurashga kirishishadi. 

"D" guruhida o'z o'yinlarini o'tkazayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bahslarini 7 iyundan davom ettiradi. Shu kuni vakillarimiz Singapur terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Quyida 3 iyun kuni bo'lib o'tadigan bellashuvlar taqvimini keltirib o'tamiz. 

"A" guruhi. O'yinlar qayerda bo'lishi hozircha to'liq ma'lum emas 

Filippin - Guam

Xitoy - Maldiv


"B" guruhi. O'yinlar Quvaytda bo'ladi 

Avstraliya - Quvayt

Nepal - Xitoy Taypeyi


"C" guruhi. O'yinlar Bahraynda bo'ladi

Eron - Gonkong

Bahrayn - Kambodja


"D" guruhi. O'yinlar Saudiya Arabistonida bo'ladi

Falastin - Singapur


"E" guruhi. O'yinlar Qatarda bo'ladi

Bangladesh - Afg'oniston

Hindiston - Qatar


"F" guruhi. O'yinlar Yaponiyada bo'ladi

3 iyunga o'yin qo'yilmagan.


"G" guruhi. O'yinlar BAAda bo'ladi

Tailand - Indoneziya

BAA - Malayziya


"H" guruhi. O'yinlar Janubiy Koreyada bo'ladi

3 iyunga o'yin qo'yilmagan

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com