JCH-2030ni o'tkazish uchun da'vogarlar ko'p

Mirjalol Normatov
2 noya 2018, 19:10
AP xabariga ko'ra, JCH-2030ni o'tkazish uchun da'vogarlar anchagina ko'p.

Hozirda Bolgariya, Gretsiya, Ruminiya va Serbiya kabi davlatlar ushbu turnirni birgalikda o'tkazish uchun ariza berishmoqchi.

Aytilishicha, ushbu davlat prezidentlari bu borada muzokaralar olib borishmoqda.

Shuningdek, JCH-2030 uchun Argentina, Paragvay va Urugvay kabi davlatlar ham birgalikda o'tkazish uchun da'vogarlik qilishmoqchi. Angliya esa yoki Shotlandiya, yoki Uels, yoki Irlandiya kabi davlatlar bilan birgalikda o'tkazishni niyat qilmoqda.

Yaqindaniga e'lon qilinganidek, JCH-2026 mezboni AQSH, Kanada va Meksika kabi davlatlarda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АР