JCH-2026 qur'a tashlash marosimida O'zbekistondan kimlar qatnashadi?

Aslanov Jasurbek
24 noya 2025, 22:23
Joriy yilning 5 dekabr kuni JCH-2026 musobaqasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu tadbirda O'FA nomidan ishtirok etadiganlarni e'lon qildi.

5-dekabr kuni, AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Ushbu nufuzli tadbirda O'FA rahbariyati, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz