JCH-2026. Butun o'yin davomida katta ustunlik qilgan Shveytsariya 90+4 daqiqada Qatardan to'p o'tkazib yuborib, g'alabadan quruq qoldi

14 iyun 2026, 02:05
JCH-2026 "B" guruh 1-tur doirasidagi Qatar - Shveytsariya o'yini bo'lib o'tdi.

Qatar - Shveytsariya 1:1 LIVE

Gollar: Bualem Xuxi (90+4) - Brel Embolo (17)

Qatar: Abunada, Al Ui, Migel, Xuxi, Al Amin, Lay, Junior, Gaber, Madibo, Afif, Abdurisag.

Shveytsariya: Kobel, Elvedi, Akandji, Rodriges, Froyler, Jaka, Ebisher, Zakariya, Ndoy, Vargas, Embolo.

O'YIN YAKUNLANDI

90+4. GOOL! Bualem Xuxi hisobni tenglashtirdi. U qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi.

90. Ahmad Alaeldin hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyatni ko'kka sovurdi.

88. Ha, Qatar hisobda ortda borayotganiga qaramay, o'yinda ustunlikni qo'lga ololmayapti. Shveytsariya ikkinchi golni urish uchun harakat qilmoqda.

81. Yoxan Manzabi uzoq masofadan noaniq zarba yo'lladi.

76. Embolo dubl qayd etishi mumkin edi! Futbolchi to'pni darvozabondan o'tkazib yo'lladi, ammo u biroz noaniq chiqdi.

75.. Karim Budiaf uzoqdan zarba berib ko'rdi, ancha noaniq.

67. Granit Jaka jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, noaniq.

60. O'yin birinchi taymga qaraganda biroz sokinlashdi, ammo haligacha ustunlik yevropaliklarda

49. Granit Jaka Abunada darvozasi tomon kuchli zarba yo'llagan edi, ammo posbon uni qaytarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+6. Uxxx! Shveytsariya o'yinchisi posbonsiz qolgan to'pni darvozaga kirita olmadi. Aniqrog'i, qatarliklar o'yinchisi to'pni qaytarib yubordi.

45. Hakam tomonidan birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

43. Edmilson! Qatarliklar hujumchisi qanotdan uzatilgan to'pga zarba bergan edi, ammo Kobel bartaraf etdi!

42. Denis Zakariyaga sariq kartochka. Shveytsariyaliklar yarim himoyachisi raqibning qarshi hujumini to'xtatib qolgan edi.

32. Ustunlik to'liq Shveytsariya tomonida.

23. Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Jassim Jabir qo'pol harakati sabab hakam tomonidan ogohlantirildi.

17. GOL! Brel Embolo penaltidan to'pni darvozaga aniq yo'lladi.

16. Qizig'i penalti bekor qilinmadi. Takroriy vaziyatda u borga o'xshagandi. Posbonga sariq kartochka ko'rsatildi.

14. Hakam Qatar terma jamoasi darvozasiga qarata penalti belgiladi. Mahmud Abunada to'pga chiqishga kech qolgan edi. To'xtang bu yerda ofsayd bo'lishi mumkin. Hozircha VAR vaziyatni o'rganmoqda va ikki o'yinchiga yordam ko'rsatilmoqda.

10. Shveytsariya hisobni ochishi mumkin edi. Qanotdan uzatilgan to'pni Dan Ndoye darvoza joylab qo'yishi mumkin edi, ammo uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

7. Hozircha ustunlik yevropaliklar tomonida.

1. O'yin boshlandi!

- Barchaga salom. Bugun sizlar bilan birgalikda qitadoshimiz Qatar terma jamoasining Shveytsariyaga qarshi o'yinini kuzatib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia