Futzal bo'yicha JCH-2024. O'zbekiston Niderlandiyaga qarshi ilk turda so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Оқил Абдубарноев
14 sen 2024, 21:52
Futzal bo'yicha jahon chempionati "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Niderlandiya uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston - Niderlandiya 3:3

"A" guruhi, 1-tur

Humo arena, Toshkent

20:00

Gollar: Elbek To'lqinov (16), Ixtiyor Ropiev (36), Husniddin Nishonov (40) - Tevfik Seyar (4), Ismoil Uaddux (28, 37).

O'zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Abror Ahmetzyanov

Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 10.Akbar Usmonov, 13.Mehroj Xudoyberdiev, 14.Samariddin Berkinov

Niderlandiya: 1.Manuel Kuyk, 4.Tevfik Seyar, 7.Jordani Martinus, 8.Abdusamad At Tohiriy, 10.Ismoil Uaddux

Zaxira: 12.Mika Spigt, 2.Jordi Krete, 3.Steye Kee, 5.Ayub Buxoriy, 6.Karim Mossaui, 9.Said Buzambu, 11.Laxsen Buyuuzan, 13.Ishak Belhaj, 14.Muhammad Chih

Ogohlantirishlar: Mashrab Odilov (17), Fazliddin Botirov (27)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

Nishonov zambilda olib chiqib ketildi.

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Husniddin Nishonov o'yin tugashiga 49 soniya qolganda muvozanatni tenglashtirdi!

38. Ropievning zarbasi raqib himoyachisidan maydonni tark etdi.

O'zbekiston taym-ayt oldi.

37. GOL! Uaddux ajoyib harakatlar bilan bir himoyachini dog'da qoldirib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Ixtiyor Ropiev hisobni tenglashtirdi!!!


34. Nishonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

34. Zarba! Ropievning zarbasi noaniq.

34. Zarba! Nishonovning zarbasi noaniq ketdi.

33. Zarba! Ropievning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

32.Zarba! Ahadjonovning navbatdagi zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

Bugungi o'yinga 7561 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

31. Zarba! Ahadjonovning bu galgi zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

30. Zarba! Ahadjonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

29. Zarba! Seyarning xavfli xarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. 

29. Fol. O'zbekiston zarariga.

28. GOL! Penaltini Anvarov qaytardi, biroq hakam to'p chiziqni kesib o'tganini ma'lum qildi. Uaddux Niderlandiyani hisobda oldinga olib chiqdi.

28. O'zbekiston darvozasiga penalti belgilandi. Botirov ogohlantirildi.

28. Niderlandiya hujumi chog'ida to'p Botirovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

27. Zarba! Elmurodovning zarbasini raqib posboni qaytardi.

27. Zarba! Kretening xavfli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

25. Zarba! To'lqinovning ajoyib zarbasini Kuyk qaytardi.

25. To'lqinov yiqitildi, ammo fol deya baholanmadi.

24. Zarba! Ropievning zarbasini Kuyk oyoqlari bilan qaytardi.

23. Zarba! Odilovning jarimadan yo'llagan zarbasini raqib darvozaboni qaytardi.

23. Fol. Niderlandiya zarariga.

Niderlandiya O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Tojikistonga qarshi nazorat o'yinida 3:4 hisobida yutqazgandi.

22. Zarba! Usmonovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

Niderlandiya taym-aut oldi.

20. Zarba! Usmonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

20. Zarba! Tohiriy raqib futbolchisidan qochib kyetib, darvozaning pastki chap burchagini aniq nishonga ololmadi.

19. Fol. O'zbekiston 5-folni ishlab oldi. Buyog'iga ehtiyot bo'lish lozim.

19. Zarba! Usmonovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

19. Fol. Niderlandiya zarariga.

19. Zarba! Ropievning yana bir zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

19. Zarba! Ropievning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Qizil kartochka ko'rsatilmadi. Sariq kartochka o'z kuchida qoldi. Follar bo'yicha hisob: 4-2.

18. Fol. Odilov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. O'zbekistonlik futbolchi chetlatilishi mumkin.

16. Fol. Niderlandiya zarariga. Ahmetzyanovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

16. Zarba! Ahmetzyanovning urinishiga biroz aniqlik yetishmadi.

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Burchakdan oshirilgan to'pni Elbek To'lqinov raqib darvozasiga joylab qo'ydi!



15. Fol. Niderlandiya zarariga.

15. Fol. O'zbekiston zarariga.

14. Zarba! Tohiriy qarshi hujumda o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.

13. Zarba! Rahmatovning yana bir zarbasi raqib himoyachisiga tegib, darvozabonga borib tushdi. U yonida bo'sh turgan sherigini ko'rmadi.

13. Zarba! Rahmatovning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasi noaniq.

12. Zarba! Odilovning zarbasini raqib posboni egallab oldi.

12. Zarba! Usmonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

12. Zarba! Elmurodovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

O'zbekiston taym-aut oldi.

11. Zarba! Elmurodovning bu galgi urinishi ham o'xshamadi.

11. Zarba! Elmurodovning zarbasi noaniq.

11. Zarba! Ropievning olisdan yo'llagan kuchli zarbasini raqib psoboni qaytardi.

11. Zarba! Nishonovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

10. Nishonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

10. Zarba! Tohiriyning zarbasini himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

10. Zarba! Buzambuning zarbasini Elmurodov qatardi.

9. Zarba! Uaddaxning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

9. Fol. O'zbekiston zarariga.

9. Zarba! O'ng qanotdan Martinusning kuchli zarbasini Elmurodov qaytardi.

8. Zarba! Uadduxning zarbasini Elmurodov ushlab oldi.

8. Zarba! Usmonovning zarbasi yuqorilab ketdi.

6. Zarba! Nishonovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, darvozabon qo'liga borib tushdi.

5. Zarba! Mehmonlar tomonidan yo'llangan zarba kuchsiz chiqdi.

5. Fol. O'zbekiston zarariga.

5. Zarba! Usmonov burchak uzatmasidan so'ng zarba yo'lladi, noaniq.

4. GOL! Tevfik Seyar qarshi hujumda bo'sh qolgan darvozmizga to'p kiritdi.

3. Zarba! Elmurodovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

3. Niderlandlar xavfli hujum tashkil etishdi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

2. Zarba! Ropievning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi. O'zbekiston oq, Niderlandiya to'q sariq libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia