JCH-2022. Xorvatiya – Kanada uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma'lum

Оқил Абдубарноев
27 noya 2022, 23:15
JCH-2022 guruh bosqich 2-tur doirasidagi Xorvatiya – Kanada o'yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Yevropaliklarning 9-raqamli futbolchisi Andrey Kramarich Kanadaga qarshi bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. "Shaxmatchilar" hujumchisi uchrashuvda dubl qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, 4:1 hisobida g'alaba qozongan xorvatlar turnir jadvali peshqadamiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia