JCH-2022 saralashi. O'zbekiston o'rin olgan guruh o'yinlarining taqvimi

Tolibjon Qosimov
1 iyun 2021, 06:44
Osiyo qitasida JCH-2022 saralash ikkinchi bosqichining hal qiluvchi bellashuvlari start olmoqda.

Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan "D" guruhidagi o'yinlar Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida markazlashgan tarzda bo'lib o'tadi. Guruhda vakillarimiz ham, saudiyaliklar ham uchtadan uchrashuv o'tkazishadi. Hozircha turnir jadvalida S.Arabistoni 11 ochko bilan birinchi, O'zbekiston 9 ochko bilan ikkinchi bo'lib turibdi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi hal qiluvchi to'qnashuv so'nggi turga mo'ljallangan. Quyida "D" guruhi bahslari taqvimini keltirib o'tamiz.

JCH-2022 saralashi

Osiyo qitasi, "D" guruhi

Ikkinchi bosqich

03.06.2021

"King Fahd International stadium", Ar Riyod

23:00. Falastin - Singapur


05.06.2021

"King Saud University stadium", Ar Riyod

23:00. S.Arabistoni - Yaman


07.06.2021

"King Fahd International stadium", Ar Riyod

23:00. O'zbekiston - Singapur


11.06.2021

"King Saud University stadium", Ar Riyod

23:00. Singapur - S.Arabistoni


11.06.2021

"King Fahd International stadium", Ar Riyod

23:00. Yaman - O'zbekiston


15.06.2021

"King Fahd International stadium", Ar Riyod

23:00. Falastin - Yaman


15.06.2021

"King Saud University stadium", Ar Riyod

23:00. S.Arabistoni - O'zbekiston


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi bugun Dubaydan Ar Riyod shahriga yetib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia