JCH-2022 saralash. Iroq terma jamoasi 14 iyundan yig'inga kirishadi

Xayrulla Xoliqov
11 iyun 2020, 12:07
Iroq futbol federatsiyasi milliy terma jamoa yozda yig'in o'tkazishini ma'lum qildi.

Ushbu yig'in jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik doirasida bo'ladi. Terma jamoa o'z mashg'ulotlarini 14 iyundan boshlab, 11 iyulga qadar davom ettiradi. 

Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 13 oktyabr kuni safarda Gonkong bilan o'tkazadi. Shundan jamoa o'z maydonida Kambodjani qabul qilib (12 noyabr), oxirgi turda Eron mehmoni (17 noyabr) bo'ladi.

Iroqliklar ustozi Srechko Katanets mazkur yig'inga 35 nafar futbolchini taklif etdi. Ma'lumki, shu yilning 8 oktyabr kuni Iroq va O'zbekiston o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish fikri ilgari surilgan, biroq bu taklif Katanets tomonidan rad qilindi.

→ Iroq O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifini rad etdi

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com