JCH-2022. Eng ko'p zarba yo'llagan futbolchilar (TOP-10)

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022
Mundialda eng ko'p zarba bergan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi.

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi birinchi o'rinni egalladi. PSJning 35 yoshli hujumchisi Qatardagi turnirda darvoza tomon 32 ta zarba yo'lladi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshidan 1 ta zarbaga ortda qoldi. 

1. Lionel Messi (Argentina, PSJ) – 33 ta zarba

2. Kilian Mbappe (Fransiya, PSJ) – 32

3. Olive Jiru (Fransiya, "Milan") – 16

4. Ivan Perishich (Xorvatiya, "Tottenxem") – 16

5. Lautaro Martines (Argentina, "Inter") – 14

6. Jamol Musiala (Germaniya, "Bavariya") – 12

7. Serj Gnabri (Germaniya, "Bavariya") – 12 

8. Neymar (Braziliya, PSJ) – 12

9. Robert Levandovski (Polsha, "Barselona") – 12

10. Dani Olmo (Ispaniya, "RB Leyptsig") – 12

Zarbalar teng bo'lgan taqdirda, o'yinchilarning turnirdagi o'yin vaqti hisobga olindi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka