

Futbolchining to'pig'ida jiddiy muammolar bor. Yaqin vaqtlarda u operaciya qilinadi. Larsning tiklanishi uchun bir necha oylar kerak bo'ladi.
Shu bilan futbolchi uchun mavsum yakunlandi va Germaniya termasi bilan JCH-2018da ishtirok etmaydi. 29 yoshli Shtindl JCH-2018 saralashida 4 uchrashuv hamda Braziliya termasiga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushgandi.



