JCH-2018ga bir kun qolganda Lopetegi iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2018, 15:12
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi JCH-2018 iste'foga chiqarildi.

Krasnodardagi matbuot anjumanida Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales murabbiyning iste'fosi e'lon qildi.

"Biz bosh murabbiy xizmatlaridan voz kechishga qaror qildik. Unga omad tilaymiz" - dedi Rubiales.

Oldinroq, Ispaniya futbol federatsiyasi futbolchilar iltimosiga ko'ra Lopetegini saqlab qolishi e'lon qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni Xulen Lopetegi JCH-2018dan so'ng "Real"ni boshqarishi xabar qilindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RFEF