JCH-2018. Yirik hisobda g'alaba qozongan Angliya ustozi nimadan norozi?

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2018, 20:53
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Panamaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bunday hisobda g'alaba qozonish albatta yoqimli. Angliya terma jamoasi maydon bo'ylab ustunlik qildi. Jamoa paslar va jamoaviy o'yin ko'rsatish bo'yicha ajoyib harakat qildi.

Tanaffusda yigitlarga hisobga e'tibor bermay, o'yinni nazorat qilish lozimligini tushuntirdim. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda esa futbolchilarimdan norozi bo'ldim. Ammo, bunday g'alabadan so'ng ularni tanqid qilish oson emas", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: FIFA