JCH-2018 vaqtida oliy liga o'yinlari bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2017, 09:01
Keyingi yil yozda Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tadi.

Mundial o'yinlari bo'lib o'tayotgan vaqtda O'zbekiston oliy ligasida o'yinlar bo'lib o'tmaydi. Bu haqda PFL bosh direktori Omon G'ofurov SPORT telekanalining "GOL" ko'rsatuvi vaqtida ma'lum qildi.


"Keyingi yil Jahon chempionati bo'lib o'tadi. Muxlislar bor e'tiborlarini ushbu musobaqaga qaratishlari uchun iyun va iyul oylarida oliy liga o'yinlarini qo'yish rejalashtirilmayapti", - deydi Omon G'ofurov.


Ma'lumot uchun, Rossiyadagi Jahon chempionati 14 iyunda boshlanib 15 iyul kuni o'z yakuniga etadi. O'zbekiston terma jamoasi ushbu mundialda ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia