JCH-2018. Braziliya Serbiyani mag'lub etdi va guruhda birinchi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2018
JCH-2018 doirasidagi Serbiya va Braziliya o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.


SERBIYA - BRAZILIYA 0:2

Bosh hakam: 
Alirizo Fag'oni (Eron)

Gollar: Paulino 36, - 0:1. Tiago Silva 68, - 0:2.

Serbiya: 1.Vladimir Stoykovich, 2.Antonio Rukavina, 13.Milosh Velkovich, 15.Nikola Milenkovich, 11.Aleksandar Kolarov, 21.Nemanya Matich, 20.Sergey Milinkovich-Savich, 10.Dushan Tadich, 22.Adem Lyaich (7.Andrey Jivkovich, 75), 17.Filip Kostich (18.Nemanya Radonich, 82), 9.Aleksandr Mitrovich (19.Luka Yovich, 89).

Braziliya: 1.Alisson, 22.Fagner, 2.Tiago Silva, 3.Miranda, 12.Marselo (6.Felipe Luis, 10), 15.Paulino (17.Fernandino, 66), 5.Kasemiro, 19.Villian, 11.Filippe Koutino (8.Renato Augusto, 80), 10.Neymar, 9.Gabriel Gezus

Ogohlantirishlar: Adem Lyaich 33, Nemanya Matich 48, Aleksandr Mitrovich 71.




90+4. Uchrashuv tugadi. Braziliya Serbiyani 2:0 hisobida mag'lub etib, guruhda birinchi bo'ldi

90+3. Xavfli vaziyat! Neymar birga bir vaziyatda gol ura olmadi!

90+2. ZARBA. Jivkovichning kuchli zarbasi noaniq chiqdi

89. O'zgarish. Serbiya. Mitrovich o'rniga Yovich tushdi

85. Serblar hech bo'lmasa hisobni qisqartirish uchun harakat qilishmoqda. Biroq Braziliya himoyachilariga bunga imkon berishmayapti

82. O'zgarish. Serbiya. Kostich o'rniga Radonich tushdi

80. O'zgarish. Braziliya. Koutino o'rniga Renato Augusto tushdi

75. O'zgarish. Serbiya. Lyaich o'rniga Jivkovich tushdi

74. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 44 190 tomoshabin keldi

71. ZARBA! Felipe Luisning kuchli zarbasini Stoykovich qaytardi

70. Ogohlantirish. Serbiya. Mitrovich

68. Neymar burchak to'pini amalga oshirdi, bo'ydor Tiago Silva boshi bilan gol urdi 

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TIAGO SILVAAAA 0:2. 

66. O'zgarish. Braziliya. Paulino o'rniga Fernadino

65. ZARBAAAAAA! Mitrovichning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

63. Serblar ketma-ket hujum qilishmoqda. Ularga faqat g'alaba zarur!

61. ZARBAAA! Mitrovich yaqin masofadan zarba berdi, to'pni Fagner qaytardi!

55. Ikkala jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatmoqda.

48. Ogohlantirish. Serbiya. Matich

46. Ikkinchi taym boshlandi.

45+2. Birinchi taym tugadi

45+2. ZARBAAAAAAAAAAA! Neymarning burama zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

40. Paulino qanday gol urganini ko'rmay qoldingizmi? Golni telegramdagi kanalimizda tomosha qiling: KANALGA O'TISH

36. Ajoyib to'p uzatishidan keyin Paulino birga bir vaziyatda bir harakat bilan to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'yib hisobni ochdi - 0:1.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PAULINOOOOOOOOOOOO! 0:1


33. ZARAAAAAAAAAAAAA! Mitrovich akrobatik tarzda zarba berdi, noaniq! Tadichning pasi ajoyib chiqqandi

33. Ogohlantirish. Serbiya. Lyaich

32. Serblar Neymarga qarshi juda keskin o'ynashmoqda

31. Shu paytda Shveytsariya Kosta-Rika darvozasiga gol urdi: ONLAYN

30. Xavfli vaziyat! Jezus birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, to'p yana himoyachilarga tegib maydonni tark etdi

25. ZARBAAA! Neymar chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi!

18. Uchrashuvdagi barcha gollarni saytimizning telegramdagi kanalida tomosha qilish mumkin.  KANALGA O'TISH

15. Bugun mag'lub bo'lgan jamoa juda katta ehtimol bilan guruhda qolib ketadi.

11. Braziliya gol urishga rosa urinmoqda. Ketma-ket hujumlar, ammo zarba yo'q

10. O'zgarish. Braziliya. Marselo o'rniga Felipe Luis tushdi

9. Ushbu bahsni stadiondan FIFA prezidenti Janni Infantino kuzatib bormoqda

6. Serbiyaning hujumi, Mitrovich hujumda qoida buzdi deb topildi

4. Braziliyaning yana bir hujumi, Neymarning zarbasi noaniq ketdi. Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi

2. Birinchi hujum. Koutinoning zarbasi o'zining sherigiga tegib qaytdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Endi Braziliya davlat madhiyasi yangramoqda

- Dastlab Serbiya davlat madhiyasi

- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi

- Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi.

 






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia