JCH-2018 saralashi. Kamerun va Nigeriya murosa ko'chasini tanlashdi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017, 02:20
JCH-2018 Afrika qitasi saralash bosqichida 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Jumladan, “V” guruhida Kamerun terma jamoasi karvonboshi Nigeriyani qabul qildi. Yaunde shahridagi “Omnisports Axmadu-Aidjo” stadionida o'tgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

O'yinning 30-daqiqasida Mouzes Saymon Nigeriya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada esa mezbonlar Vensan Abubakarning penaltidan kiritgan goli evaziga muvozanatni tiklashdi.

JCH-2018. Afrika qitasi saralashi. “B” guruhi. 4-tur

Kamerun – Nigeriya 1:1

Gollar: 0:1 – Saymon – 30, 1:1 – Abubakar – 75 (pen)

Turnir jadvalidagi holat: 1. Nigeriya - 10 ochko (4ta o'yin); 2. Zambiya - 4 ochko (3ta o'yin); 3. Kamerun - 3 ochko (4ta o'yin); 4. Jazoir - 1 ochko (3ta o'yin).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif