JCH-2018 qur'asiga qaysi murabbiylar tashrif buyuradi?

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017, 17:20
Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatining final bosqichiga qur'a tashlash marosimida mundialda ishtirok etadigan 32 terma jamoa bosh murabbiylarining 30 nafari ishtirok etadi.

Qur'a tashlash marosimi 1 dekabr kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadi.

Payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadigan jamoalar uchun seminar doirasida terma jamoa vakillari turnirga bog'liq muhim ma'lumotga ega bo'lishadi. Musobaqaning final bosqichiga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 20:00da Kreml saroyida o'tkaziladi.

Marosimda ishtirok etuvchi murabbiylar:

Stanislav Cherchesov (Rossiya), Xorxe Sampaoli (Argentina), Roberto Martines (Belgiya), Tite (Braziliya), Xose Pekerman (Kolumbiya), Oskar Ramires (Kosta-Rika), Zlatko Dalich (Xorvatiya), Oge Xareyde (Daniya), Ektor Kuper (Misr), Garet Sautgeyt (Angliya), Dide Desham (Fransiya), Yoaxim Lyov (Germaniya), Xeymir Xadlgrimsson (Islandiya), Karlush Keyrush (Eron), Vaxid Xalilxodjich (Yaponiya), Sin Te Yon (Janubiy Koreya), Xuan Karlos Osorio (Meksika), Erve Renar (Marokash), Gernot Ror (Nigeriya), Ernan Gomes (Panama), Rikardo Gareka (Peru), Adam Navalka (Polsha), Fernandu Santush (Portugaliya), Xuan Antonio Picci (Saudiya Arabistoni), Aliu Sisse (Senegal), Mladen Krstaich (Serbiya), Xulen Lopetegi (Ispaniya), Yanne Andersson (Shvetsiya), Vladimir Petkovich (Shveytsariya), Nabil Maalul (Tunis).

Avstraliya va Urugvay terma jamoalari ustozlari tadbirda qatnashishmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com