JCH-2018. Portugaliya - Ispaniya. Prevyu

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2018
Jahon chempioni bo'lish uchun ikki davogar jamoa mundialning ilk uchrashuvidayoq to'qnash kelishadi.

Pireney yarim orolida joylashgan ikki jamoa mundialda ikkinchi bora o'zaro o'yin o'tkazishadi. Ilk bor Ispaniya va Portugaliya JARda o'tgan JCH-2010 nimchorak finalida  uchrashishgan va "qizil furiya" (1:0) g'olib bo'lgan.

Barcha musobaqalarni inobatga olsak ushbu jamoalar o'zaro 35 marta hisob-kitob qilishgan. 16 bor Ispaniya, 6 marta Portualiya g'olib bo'lgan. Mundial boshlanishiga bir kun qolganida Ispaniya bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste'foga chiqarildi va uning o'rniga Fernando Yerro taynlandi.

Yevropaning amaldagi chempionlari va Krishtianu Ronaldu Jahonning eng nufuzli musobaqasida g'olib chiqishni maqsad qilishgan.

Ispaniya terma jamoasi safida himoyachi Dani Karvaxalning maydonga tushishi so'roq ostida.



Bu qiziq
Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatlarida faqat bir bor o'yinni kamchilikda tugatgan: 1994 yilgi mundialda Migel Anxel Nadal Koreyaga qarshi o'yinning 25-daqiqasida (2:2) qizil kartochka olgandi.




Taxminiy tarkiblar
PortugaliyaRuy Patrisiu, Rafael Gerreyru, Joze Fonte, Pepe, Sedrik Soaresh, Juan Mariu, Joau Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva, Krishtianu Ronaldu, Gonsalu Gedesh

Ispaniya: David de Xea, Jordi Alba, Serxio Ramos, Jerar Pike, Nacho, Serxio Buskets, Tiago Alkantara, Andres Inesta, Isko, David Silva, Diego Kosta



Murabbiylar nima deydi?

Fernandu Santush (Portugaliya):


"Krishtianu Ronaldu – ajoyib futbolchi va qoyilmaqom sardor, ammo Portugaliyaning asosiy kuchi bir futbolchiga tayanib qolganimizda emas, bir jamoa ekanligimizda. Ispaniyaga kelsak murabbiy o'zgarishi jamoani kuchsizlantirib qo'yadi deb o'ylamayman. Ispaniya – Jahon chempionatning favoritlaridan biri, ammo ularda ham kuchsiz tomonlari bor. Qanday? Sirlarni oshkor qilmoqchi emasman".

Fernando Yerro (Ispaniya):

"Raqibni hurmat qilamiz. Portugaliya mundialda eng kuchli tarkibga va tajribali murabbiyga ega jamoalardan biri. Ammo g'alaba qozonishimizga ishonamiz. Finalga teng bo'lgan o'yinda ishtirok etamiz. Unda barcha istalgan musobaqada g'olib bo'lish uchun kurashadigan Ispaniya terma jamoasini ko'radi".


Stadion haqida:

“Fisht” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?


JCH-2018. Portugaliya terma jamoasining rasmiy qaydnomasi

JCH-2018. Ispaniya terma jamoasining rasmiy qaydnomasi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia