JCH-2018. Peru terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

16 may 2018, 22:30
Peru terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan 24 nafar futbolchi o'rin oldi.

Ma'lumot uchun Peru terma jamoasi sardori Xose Paolo Gerrero JCH-2018ga bormasligi rasman ma'lum bo'lgan edi. Gerreroning qon tarkibida kokain metaboliti – benzoilekgonin moddasi topilgan va futbolchiga tayinlangan 6 oylik diskvalifikaciya muddati 14 oyga uzaytirilgan edi.

Peru terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar:Pedro Galese ("Verakrus", Meksika), Karlos Kaseda ("Deportivo Munisipal"), Xose Karvalo ("UT de Kaxamarka");

Himoyachilar: Luis Abram ("Veles Sarsfild", Argentina), Luis Advinkula ("Lobos", Meksika), Migel Arauxo ("Alyansa Lima"), Aldo Korso ("Universitario Deportes"), Nilson Loyola ("Melgar"), Kristian Ramos ("Verakrus", Meksika), Alberto Rodriges ("Sporting Kristal"), Anderson Santamariya ("Puebla", Meksika), Migel Trauko ("Flamengo", Braziliya);

Yarim himoyachilar: Pedro Akino ("Lobos", Meksika), Vilder Kartaxena ("Verakrus", Meksika), Kristian Kueva ("San-Paulu", Braziliya), Edison Flores ("Olborg", Daniya), Serxio Penya Flores ("Granada", Ispaniya), Renato Tapiya ("Feyenord", Niderlandiya), Yosimar Yotun ("Orlando Siti", AQSH);

Hujumchilar: Paolo Urtado ("Vitoriya Gimaraesh", Portugaliya), Endi Polo ("Portlend Timbers", AQSH), Andre Karrilo ("Uotford", Angliya), Raul Ruidias ("Moreliya", Meksika), Jefferson Farfan ("Lokomotiv", Rossiya).

O'xshash yangiliklar


Manba: Football.kulichki.net