JCH-2018 o'yinlariga 2,9 mln. kishi tushdi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 18:45
Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionati o'yinlarini tomosha qilish uchun stadionlarga 2 889 351 kishi tashrif buyurdi.

Eng ko'p chipta xarid qilganlar - amerikaliklar bo'lishdi (88 825). Kuchli uchlikka braziliyalik (72 512) va kolumbiyaliklar (65 234) kirishdi.

Fransiya va Xorvatiya o'rtasidagi JCH-2018 final o'yinini "Lujniki" stadionidan 78 011 kishi tomosha qildi. Bahsning umumiy auditorisi 1 mlrd. tomoshabinni tashkil etdi.

JCH-2018 final o'yini uchun chiptalar 7040 rubldan 66 000 ming rublgacha sotildi.


Aziz Yo'ldoshev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com