JCH-2018. Guruh bosqichidan so'ng: Afrikadan hech kim qolmadi

Xayrulla Xoliqov
29 iyun 2018, 15:43
14 iyun kuni start olgan jahon chempionatining guruh bahslariga yakun yasaldi.

Kecha bo'lib o'tgan to'rtta o'yindan so'ng 1/8 finalga chiqqan barcha jamoalar hamda keyingi bosqich juftliklari ma'lum bo'ldi. Shunday qilib 32 jamoadan baxtli 16tasi kurashni davom ettiradi.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, UEFA (Yevropa)dan 14ta jamoa JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Guruh o'yinlari yakuniga etgach, to'rtta jamoa mundial bilan xayrlashdi. Bular - Germaniya, Islandiya, Polsha va Serbiya. Muxlislar uchun ayniqsa amaldagi jahon chempioni Germaniyaning guruhdan chiqa olmagani kutilmagan voqea bo'ldi.

KONMEBOL (Janubiy Amerika)dan esa faqat bitta jamoa o'z ishtirokini guruh bosqichidayoq tugatdi. Bu - Peru terma jamoasi. To'rtta jamoa esa 1/8 finalda o'ynaydi. Bular - Argentina, Braziliya, Urugvay va Kolumbiya.

OFKdan tarixda ilk marta beshta jamoa JCHda ishtirok etdi va faqatgina Yaponiya guruhdan chiqa oldi. Qolgan to'rt jamoa Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni shu bilan uyga qaytib ketishdi. Bu yil mundialda Afrikadan doimgidek besh jamoa qatnashdi. Lekin bu jamoalardan birortasi keyingi bosqichga chiqa olmadi. Misr, Marokash, Nigeriya, Senegal va Tunis - bularning hammasi mundialni tark etishdi.

Va nihoyat, KONKAKAFdan uchta jamoa qatnashdi va faqat Meksika guruhdan chiqa oldi. Panama va Kosta Rika esa musobaqa bilan xayrlashdi. E'tibor bergan bo'lsangiz, faqat Afrika vakillaridan buyog'iga hech kim qolmadi.

Endi kurash yanada qiziydi. Buyog'iga yutqazgan jamoa uyiga qaytib ketaveradi. Ertadan nimchorak final bahslariga start beriladi. Quyida juftliklarni yana bir karra eslatib o'tamiz.    

30 iyun. 19:00. Fransiya - Argentina
30 iyun. 23:00. Urugvay - Portugaliya

1 iyul. 19:00. Ispaniya - Rossiya
1 iyul. 23:00. Xorvatiya - Daniya

2 iyul. 19:00. Braziliya - Meksika
2 iyul. 23:00. Belgiya - Yaponiya

3 iyul. 19:00. Shvetsiya - Shveytsariya
3 iyul. 23:00. Kolumbiya - Angliya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia