JCH-2018 finaliga XOQ prezidenti Tomas Bax tashrif buyuradi

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2018, 14:29
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Rossiyada o'tayotgan JCH-2018ning final uchrashuviga tashrif buyuradi.

Bu haqda "Inside the Games" xabar berdi.

64 yoshli Bax FIFA prezidenti Janni Infantinoning taklifini qabul qildi. Bax 4 yil oldin Braziliyada o'tkazilgan mundial finaliga ham kelgan edi. O'shanda uning vatandoshlari Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib Jahon chempionati kubogini boshlari uzra baland ko'tarishgan edi.



JCH-2018ning finali 15 iyul kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham ishtirok etishadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.


Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich, FIFA rahbari Janni Infantino va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: insidethegames.biz