JCH-2018. Yevropada o'tish bahsi ishtirokchilari nomi ma'lum

11 okt 2017, 02:40
Yevropa saralash bosqichida guruh uchrashuvlar yakuniga etdi va o'tish o'yinlarida qatnashadigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

O'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan 8 ta jamoa -Italiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Shimoliy Irlandiya, Daniya, Irlandiya, Gretsiya, Xorvatiya qatnashadi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar orasida eng yomon natijani qayd etgan Slovakiya termasi (18 ochko) ham JCHdan umidini uzdi.

O'tish o'yinlariga 17 oktyabr kuni Cyurixda qur'a tashlanadi. Dastlabki uchrashuvlar 9-11 noyabr kunlari, javob o'yinlari 12-14 noyabr kunlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia