


2-tur natijalari:
Ikkinchi turdan keyin ushbu "kvartet"da Marokash uchun chiqish eshiklari muddatidan avval yopildi. Ketma-ket ikki bellashuvda mag'lub bo'lgan Marokash uchinchi turni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazadi. Ularda faqatgina uchinchi o'rinni olish uchun nazariy jihatdan imkoniyatlar saqlanib qolmoqda.
Qolgan uchala jamoa esa uchinchi turda hal qiluvchi o'yinlarni o'tkazishadi. Ispaniya va Portugaliyani kelasi uchrashuvdagi durang natijasi ham nimchorak finalga olib chiqadi. Eronga esa faqat g'alaba lozim.
Eslatib o'tamiz, 3-turda Ispaniya Marokash bilan kuch sinashsa, Portugaliya Eron bilan to'qnash keladi.



