JCH-2018. Angliya chorak finalning so'nggi ishtirokchisiga aylandi

4 iyul 2018, 02:03
JCH-2018 nimchorak finalining so'nggi bellashuvida Angliya terma jamoasi Kolumbiyadan ustun keldi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida Garri Keyin o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bu Harrining JCHdagi oltinchi goli sifatida qayd etildi. Bahs shu hisob bilan yakunlanayotgan bir paytda kolumbiyalik markaziy himoyachi Yerri Mina burchakdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'naltirdi-1:1.

Bu Minaning JCH-2018 dagi qatorasiga uchinchi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan uchinchi goli bo'ldi.

Bellashuvning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmagach, tomonlar 15 daqiqadan iborat ekstra taymlarni o'tkazishdi. Unda ham gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi. 

Penaltilar seriyasida esa omad inglizlarga kulib boqdi. Garchi kolumbiyaliklar posboni Ospina penaltilar seriyasida bir marta mahorat ko'rsatib, Xendersonning zarbasini qaytarib qolgan bo'lsada, kolumbiyaliklar safida Uribe va Bakka xatoga yo'l qo'yishdi.
Natijada inglizlar JCH-2018 chorak finalga yo'l oldi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia