Kutilganidek, Avstriya va Jaozir durang o'ynadi. Argentina esa g'alaba qozondi

28 iyun 2026, 08:55
Joriy JCHning guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Joriy JCHning guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Argentina Iordaniyaga qarshi kechgan bahsda 3:1 hisobida amaldagi chempionlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Argentina safida gollarga Jovani Lo Chelso, Lautaro Martines va Lionel Messi kiritishdi. Osiyoliklar safida esa Mussa Al-Tamari yagona golga mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi bahsida esa tahmin qilingandek durang natija bilan yakunlandi. Avstriya va Jazoir o'zaro 3:3 hisobidagi durang o'ynashdi va har ikkisi pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Uchrashuvda Jazoir safida Rafik Belgali va Riyad Marez (dubl) gol kiritdi. Yevropaliklar safida esa Marko Arnautovich, Marsel Zabitcer va Sasha Kalaydjich gol kiritishdi.

Jazoir - Avstriya 3:3

Gollar: Rafik Belgali 45, Riyad Marez 60, 90+3 - Marko Arnautovich 28, Marsel Zabitcer 55, Sasha Kalaydjich90+6.

Jazoir: Ussama Benbut, Rafik Belgali, Ayssa Mandi, Rami Bensebaini, Jauen Adjam, Nabil Bentaleb, Ibraxim Maza, Fares Shaibi, Ussem Auar, Riyad Marez, Amin Guiri.

Avstriya: Aleksandr Shlager, Stefan Posh, David Alaba, Konrad Laymer, Filipp Linxart, Filipp Mvene, Nikolas Zayvald, Ksaver Shlager, Romano Shmid, Marsel Zabitcer, Marko Arnautovich.


Iordaniya - Argentina 1:3

Gollar: Mussa Al-Tamari 55 - Jovani Lo Chelso 19, Lautaro 31 (pen), Messi 80.

Iordaniya: Abu Layla, Al-Arab, Xaddad, Nasib, Abu Dagab, Abu Taxa, Al-Ravabdex, Al-Rashdan, Olvan, Al-Faxuri, Azayze.

Argentina: Emiliano Martines, Talyafiko, Otamendi, Senesi, Paredes, Lo Chelso, Palasios, Pas, Djuliano Simeone, Xulian Alvares, Lautaro Martines.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia