

To'p uchun kurashda Ibrohimov o'mrov suyagini (elka va qo'l suyagi tutashgan joy) sindirib olib, stadiondan to'g'ri shifoxonaga yo'l olgandi.
Javlon Ibrohimov tezroq elka qismidagi jarohatidan forig' bo'lishi uchun “Bunyodkor” shifokorlari uni muntazam nazorat qilib turishibdi. Ayni damda futbolchi uyida davolanmoqda. Kelayotgan shanba kuni Javlon Ibrohimov o'mrov suyagini qayta tiklash uchun jarrohlik stoliga yotadi.
“Bunyodkor” FK raxbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha ishchi xodimlari Javlon Ibroximovga sog'lik salomatlik tilaydi va “operaciya” muvaffaqiyatli o'tib, tezroq yashil maydonga qaytishini kutib qoladi.




