

Saytimiz olgan ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi mavsumni "Navbahor"da o'tkazgan futbolchi yangi mavsumda ham Namangan klubi sharafini himoya qilishi mumkin. Yaxshiboev tez orada "lochinlar" mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.
Jasur Yaxshiboev o'tgan mavsum Superliganing 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.



