Jasur Yaxshiboev legionerga aylandi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2020, 13:26
"Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Belarus mamlakatida davom ettiradi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, Yaxshiboev Belarus oliy ligasida ishtirok etuvchi "Energetik-BGU" jamoasiga ijaraga berilgan.

Ayni paytda "Energetik" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 2019 yilda klub 16ta jamoa orasida 12-o'rinni egallagan edi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda ushbu klubga o'zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov ham ko'chib o'tgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia