Jasur Yaxshiboev: "Hamriya"ga qarshi ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
22 fev 2018, 08:40
"Paxtakor" futbolchisi jamoaning hozirligi xususida qisqacha fikrlarini aytib o'tdi.

- Mavsumga tayyorgarlik juda yaxshi kechmoqda. Barchaning kayfiyati yuqori. O'tgan mavsum jarohat tufayli ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Nasib qilsa, joriy mavsumda jamoaga qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman.

"Al-Hamriya"ga qarshi kechagi o'yinda birinchi bo'limda o'yinimiz qovushishi qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa bir-birimizni yaxshiroq tushundik va raqibni mag'lubiyatga uchratdik.

Shu o'rinda 2 mart kuni bo'ladigan "Paxtakor" va "So'g'diyona" uchrashuviga muxlislarni taklif etib qolamiz. "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!, - deydi Yaxshiboev. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz