Jasur Yaxshiboev: "Biz uchun asosiy vazifa - g'alaba"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 09:12
"Paxtakor" yarim himoyachisi "Buxoro" bilan uchrashuv arafasida o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bellashuvga tayyorgarlikni yaxshi o'tkazdik. Barchasi reja asosida kechdi. Yigitlarning kayfiyati va ishtiyoqi yuqori. Bo'lajak o'yinda g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. "Neftchi" bilan uchrashuvdagi suratni saqlab qolishga intilamiz. Bizga uch ochko juda zarur va g'alaba bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz