Jasur Abduraimov: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"

Narzulla Saydullayev
19 okt 2016, 00:40
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvidan keyin Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun kuchli jamoaga qarshi juda qiyin o'yin bo'lganini barcha ko'rdi. O'z shogirdlarim bilan faxrlanaman. Ular ilk daqiqalardan oxirgi soniyalargacha kurashishdi. Ular xarakter namoyish etishdi va uch ochko qo'lga kiritishdi. Bugungi g'alaba juda muhim edi, men baxtliman.

Endi keyingi bahs haqida o'ylaymiz. Maqsadimiz har bir o'yinda maksimum natijaga erishish", - deydi Jasur Abduraimov OFK rasmiy saytiga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia