Jastin Klyuyvert: "Ayaks" nima xohlayotganini tushunmayapman"

Tolibjon Qosimov
18 may 2018, 21:58
"Ayaks" hujumchisi Jastin Klyuyvert klub uni shartnomani uzaytirishga majburlashga urinayotganidan norozi.

"Ayaks" nima xohlayotganini tushunmayapman. Klub menga da'vogarlik qilayotgan jamoalardan ko'proq pul talab qilish maqsadida meni shartnomani uzaytirishga majburlamoqchi. Axir men qolishni istayman. Meni pullar qiziqtirmasligini hamma biladi. Yagona maqsadim - o'yinimni o'stirish. Dunyoda eng zo'ri bo'lishni istayman, lekin o'zimni bosim ostida his qilayapman. Menga yoki yangi shartnoma imzolashimni yoki ketishim mumkinligini aytishdi. Bu futbol emas, pulga bog'liq narsa", - dedi yosh Klyuyvert.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: volkskrant.nl