Jarohati sababli ilk o'yinda qaydnomaga kiritilmagan misrlik futbolchi O'zbekistonga qarshi maydonga tushishga tayyor

Оқил Абдубарноев
27 iyul 2024, 12:25
Misr Olimpiya terma jamoasi va "Al Ahli" klubi yarim himoyachisi Ahmad Nabil Kuka jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi.

23 yoshli futbolchi reabilitaciya jarayonlarini yakunlab, Parij Olimpiadasi "C" guruhining 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi bellashuvda maydonga tushishga tayyor holatga keldi. 

Eslatib o'tamiz, Kuka musobaqaga tayyorgarlik oldidan Ukrainaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvining 60-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Yarim himoyachi Dominikan Respublikasiga qarshi 1-turda qaydnomaga kiritilmadi. 

O'zbekiston - Misr o'rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia