Jarohat olgan "Navbahor" futbolchisi uchun mavsum yakunlandi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2024, 13:55
Namanganning "Navbahor" klubi himoyachisi bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.

25 yoshli himoyachi Ibrohim Yo'ldoshev 30 iyun kuni "Nasaf"ga qarshi o'yinning 77-daqiqasida jarohat tufayli almashtirilgan edi. Futbolchi yaqinda Turkiyada jarrohlik stoliga yotdi. Shunday qilib, Yo'ldoshev bu yil boshqa maydonga tusha olmaydi.

Ma'lumot uchun, Ibrohim Yo'ldoshev 2024 yil Superligada 9 ta o'yinda maydonga tushdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia