Jarohat olgan Gyundogan mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2017
"Vest Bromvich"ga qarshi Angliya liga Kubogining uchinchi raund uchrashuvida jarohat olgan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan 22 sentyabrdan mashg'ulotlarga qaytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gyundogan kecha "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olidan jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgan.

26 yoshli Gyundogan jarohat olganidan so'ng, tibbiy ko'rikda jiddiy shikastlanish yo'qligi aniqlandi.

"Manchester Siti" - "Kristal Pelas" bahsi 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com