Jarohat olgan Dembele "Barselona" umumiy guruhida shug'ullandi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 16:13
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jarohatini davolashni davom ettirmoqda.

21 yoshli xavbek bugun, 4 aprel kuni o'tkazilgan mashg'ulotda umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. Shunga qaramay futbolchi mashg'ulotni individual programma bo'yicha yakunlandi.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Dembeleni "Atletiko"ga qarshi bahsda maydonga tushirmaydi. Mutaxassis fransiyalik "Manchester Yunayted"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final bahsiga to'liq tayyor bo'lishini xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Dembele "Lion"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final javob o'yinida (5:1) jarohat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca