Jardim “Marsel”ga qarshi mag'lubiyat haqida: “Biz juda ko'p xato qildik”

16 sen 2019, 09:30
“Monako” bosh murabbiyi Fransiya chempionati beshinchi turidagi mag'lubiyatga izoh berdi.

“Jamoa dastlabki 30 daqiqada o'yinni nazorat qildi. 2:1 hisobidan keyin esa futbolchilar o'zini qo'yarga joy topa olmay qoldi. Raqib esa buni sezdi va 2 marta gol urdi. Ikkinchi bo'limda ham raqib ishonch bilan harakat qildi. Biz 2:4 so'ng o'yinga qayta oldik, ammo kech bo'lgandi. Bu muxlislar uchun qiziqarli o'yin bo'ldi, ammo faqat “Monako” uchun emas. Juda ko'p xato qildik. Mavsum startidayoq 14 ta gol o'tkazdik. Himoya masalasini hal etishimiz kerak”, - deydi Jardim.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football