Jardim bugun AGMKning ehtimoliy raqibida ish boshlashi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
2 dek 2018, 13:16
Saudiya Arabistoni matbuoti xabariga ko'ra, bugun "Monako"ning sobiq ustozi Leonardu Jardim murabbiylikka qaytishi mumkin.

U Ar-Riyodning "Al Nasr" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Ushbu klubga uning vatandoshi Elder Krishtovan xo'jayinlik qilmoqda.

44 yoshli Jardim oktyabr oyida "Monako"dan iste'foga chiqarilgandi.

"Al Nasr" ayni damda mahalliy chempionat turnir jadvalining 2-pog'onasida ketmoqda. Eslatib o'tamiz, agarda AGMK OCHLning 2-saralash bosqichidan o'ta olsa aynan "Al Nasr"ga qarshi o'ynashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SaudiFootball