JAR termasi futbolchisi avtohalokatda vafot etdi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 18:30
JAR termasi futbolchisi Anele Ngcongca avtohalokatda vafot etdi, deb xabar beradi "eNCA".

Voqea Kvazulu-Natal provinciyasida sodir bo'lgan. Futbolchi voqea joyida vafot etgan. Ayni damda o'sha mashinada bo'lgan uning rafiqasi og'ir ahvolda yotibdi.

Futbolchi JAR termasi tarkibida 52 o'yinda qatnashgan. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eNCA