

15 noyabr kungi mazkur bahs oldindan belgilanganidek Seongvipo shahrida emas Seul shahridagi "World Cup" stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu stadionda 2002 yilgi Jahon chempionatining uchta uchrashuvi, jumladan Fransiya va Senegal o'rtasidagi ochilish bahsi bo'lib o'tgan. Stadionga 66704 tomoshabin sig'adi.
Janubiy Koreya terma jamoasi 3-bosqichdagi ilk o'yinni aynan shu stadionda o'tkazib Xitoyni 3:2 hisobida mag'lub etgan edi. Qatar terma jamoasi esa Suvon shahridagi "World Cup" o'yingohida 3:2 hisobida mag'lub etilgan.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvi 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.



