Janubiy Koreya – O'zbekiston uchrashuvini Fahad Al-Mirdasi boshqarib boradi

Tolibjon Qosimov
11 noya 2016, 12:29
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreya – O'zbekiston uchrashuvini Saudiya Arabistoni qirolligidan bo'lgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

15 noyabr kuni Seulda bo'lib o'tadigan o'yinda bosh hakam sifatida Fahad Al-Mirdasi ishlaydi. Unga qanotlarda vatandoshlari Abdulla Mutlaq Al-Shalvay va Muhammad Al-Abakriy yordam beradi. Yordamchi hakam - Turki Muhammad Al-Xudayr.

Hakamlar nazoratchisi etib ushbu o'yinga Birlashgan Arab Amirliklaridan Ali Muhammad Bujsaym tayinlangan. Komissar - Gutam Kar (Hindiston).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com