Janubiy Koreya mart oyida qaysi jamoalarga qarshi o'ynaydi?
Aslanov Jasurbek
18 fev 2019, 17:47
Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi mart oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoa qaysi terma jamoalarga qarshi o'yin o'tkazishini e'lon qildi.
Janubiy Koreya FA Boliviya va Kolumbiya bilan kelishuvga erishdi. Janubiy Koreya - Boliviya uchrashuvi 22-mart kuni Ulsan shahrida, Kolumbiyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yini 26-mart kuni Seulda bo'lib o'tadi.