Jan: "Yuventus" "Ayaks"ni hurmat qiladi, ammo qo'rqmaydi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yini haqida fikr bildirdi.

"O'zimni yaxshi his qilyapman. Jarohatdan qutildim. Bugun umumiy guruhda shug'ullandim va ertangi o'yinga tayyorman. Bizni qiyin bahs kutib turibdi. "Ayaks"ni hurmat qilamiz, ammo qo'rqmaymiz. Bu klub Chempionlar ligasini yutish niyati bilan yonayotganini bilaman. So'nggi yillarda ushbu turnir g'olibiga aylanishga yaqin keldik va bu ishni joriy mavsum amalga oshirmoqchimiz.

"Atletiko"ga qarshi bahsdagi xohish bilan o'ynaymiz. Gol urib, zafar quchishni istaymiz. Allegri - fantastik murabbiy, sovrinlar buni isbotlab turibdi. U uchun har bir bahs muhim, murabbiy barcha detallarga e'tibor beradi va bu narsa uning dunyo darajasidagi murabbiy ekanligini anglatadi" - deydi Jan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA