Jamshid Iskanderov: "Maqsadimiz - uch ochko bilan uyga qaytish"

Абдулвосит Бектемиров
9 sen 2024, 22:10
"Navbahor" klubi va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Jamshid Iskanderov Qirg'izistonga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Dastlabki uchrashuvda raqib jamoa to'pni yaxshi nazorat qildi. Bizga esa biroz vaqt yetmadi, deb o'ylayman. Futbolchilarga yaxshi maydon kerak, maydon holati yaxshi bo'lsa, futbolchilarga ancha oson. Bu bosqichda oson raqibning o'zi yo'q. Maqsadimiz - uch ochko bilan uyga qaytish" - deb aytib o'tdi Jamshid Iskanderov


Eslatib o'tamiz, JCH-2026 uchinchi saralash doirasidagi Qirg'iziston - O'zbekiston bahsi ertaga soat 19:00da start oladi.




O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia